Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Iyun 2026

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar qabul qilinadi. Shu munosabat bilan , barcha tadbirkorlik sub’yektlari vakillarini joriy yilning 5 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etamiz.

Ma’lumot uchun: (75)-225-03-11
Manzil: Qarshi shahri, Amir Temur ko‘chasi 43-uy

5 iyun 2026 yil | Soat 15:00

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech