O‘zbekiston Respublikasida 2026 yil 15 yanvar — 28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1 bosqich (15–31 yanvar)
17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu qulay, tez va zamonaviy usul bo‘lib, uydan chiqmasdan ro‘yxatda qatnashish imkonini beradi.
2 bosqich (4–28 fevral)
“Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini amalga oshiradi.
Bu bosqichda har bir xonadonga borilib, shaxsiy ma’lumotlar aniqlanadi.
Nima uchun bu muhim?
Ro‘yxat natijalari:
- davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi;
- yangi ish o‘rinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos bo‘ladi;
- qishloq xo‘jaligidagi resurslarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini yaratadi.

