Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Iyun 2026

Giyohvandlik va narkomaniyaga qarshi kurashish: tizimli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Giyohvandlik va narkomaniyaga qarshi kurashish: tizimli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni zararli illatlar ta’siridan himoya qilish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Yig‘ilish doirasida xodimlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi, ularning inson sog‘lig‘iga hamda jamiyat rivojiga yetkazadigan jiddiy zararlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida:
Giyohvandlikning huquqiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan jazolarga oid maxsus videorolik namoyish etildi.
"Asr vabosi"ga qarshi kurashishda har bir xodimning hushyorligi va ijtimoiy mas’uliyati muhimligi ta’kidlandi.

Biz sog‘lom jamiyat tarafdorimiz!
@kashdavaktiv

30 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech