Davlat aktivlarini boshqarish agentligini Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish hamda muammolarga yechim topish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Kelib tushayotgan murojaatlar mazmuniga ko‘ra tegishli tartibda o‘rganilib, mas’ul xodimlar tomonidan har biri bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilgan bo‘lsa, boshqalari yuzasidan tegishli tushuntirish va huquqiy tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, murojaatlarni qulay murojaat.gov.uz orqali yuborish mumkinligi haqida tushunchalar berildi.

