Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan Yakkabogʻ tumani "Oqtosh" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Rustamov tomonidan Yakkabogʻ tumanidagi "Oqtosh" MFYda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida davlat mulkini xususiylashtirish, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish hamda ijara munosabatlariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Qabul jarayonida fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi. Murojaatlarning asosiy qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar boshqarma boshlig‘ining shaxsiy nazoratiga olindi.

