Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 May 2025

Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi

Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi

Joriy yilning 30-may kuni Davlat aktivlari agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimot Davlat aktivlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Nodirbek Xusanov, Agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Asliddin Rustamov, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Boʻriyev, viloyat hududiy tashkilot rahbarlari boshchiligida hamda tadbirkorlar va investorlar ishtirokida boʻlib oʻtdi.

67 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech