Ру Ўз O'z En

Янгиликлар

15 Июль 2024

Qarshi shahrida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

Qarshi shahrida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

Viloyatimiz yoshlari hamda fuqarolarining bandligini ta'minlash maqsadida vohamiz hududida joylashgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari va chet elning nufuzli kompaniyalari o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan vohamiz markazida joylashgan A.Navoiy istirohat bog‘ida 30 000 ta bo'sh ish o'rinlari taklif etilgan mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi "E-auksion" platformasida fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va shaffof savdolarda egalik hamda foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash yuzasidan tushunchalar berilib va savdodagi imtiyozlar keltirilgan ma'lumotlar ham fuqarolarga tarqatildi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov bu kabi keng miqyosdagi mehnat yarmarkalarini doimiy va tez-tez o'tkazib turish bo'yicha mas'ullarga qo'shimcha topshiriqlar berdi.

17 Чоп этиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech