Mamlakatimiz bo'ylab, “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari boshlandi.


Qashqadaryo viloyat Davlat aktivlari boshqarmasi xodimlari tomonidan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi uyushtirilib mazkur loyihaga faol ishtirok etishmoqda.


Umumxalq xayriya hasharida pavloniya, archa, mevali ko'chatlar ekildi. Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida boshqarma tomonidan minglab daraxt ko‘chatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.




