Ma'naviyat — jamiyat rivojlanishining muhim omilidir
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Davaktiv agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Turayev Farxod Batirovich ishtirok etdi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, boshqarma xodimlari, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

