“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda bir qator masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar hamda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, qonuniy yechimlar taklif etilib, zarur tavsiyalar berildi.

